30 noy 17:10
Yangiliklar
Futbol
Mbappe jarohat tufayli Tunisga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradimi?
Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Tunis terma jamoasi bilan JCH-2022 guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida maydonga tushmasligi mumkin.
Bu haqda "Le Parisien" nashri xabar bermoqda.
Hujumchi kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotda to'pig'ida muammolarga duch keldi. Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Mbappega dam berishi kutilmoqda, shunda futbolchi musobaqaning 1/8 finaliga qadar to'liq tiklanib oladi.
Eslatib o'tamiz, Franciya termasi muddatidan avval Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022 pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
JCH-2022 guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Tunis – Franciya uchrashuvi bugun "Edyukeyshn Siti" stadionida 20:00 da boshlanadi.
Havola :
Manba : Le Parisien
Fikrlar