10 sen 09:05
Yangiliklar
O'q otish, Dzyudo, Tokio-2020
Medallar jamg'arish bo'yicha 11ta medal bilan kuchli oltilikdamiz
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o'yinlarining ikkinchi kuni o'zbekistonlik sportchilar uchun 3ta bronza medalini taqdim etdi.
O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasi hisobida 3ta oltin, 2ta kumush, 6ta bronza, jami 11ta medal bor. Ushbu natijasi evaziga terma jamoamiz umumjamoa hisobida 6-o'rinni egallab turibdi.
Yigirmata oltin, 17ta kumush, 12ta bronza, jami 49ta medal jamg'argan Xitoy terma jamoasi birinchi o'rinni band etgan. Ikkinchi pog'onadagi Buyuk Britaniya Paralimpiya terma jamoasi hisobida jami 27ta medal bor. SHulardan 12tasi oltin, 6tasi kumush, 9tasi bronza medalidir. Kuchli uchlikka Ukraina terma jamoasi 7ta oltin, 6ta kumush, 13ta bronza medali bilan yakun yasagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar