17 okt 14:31
Yangiliklar
Tennis

Medevedev Qozog'istondagi turnirda muvaffaqiyatli start oldi
Qozog'istonning Almati shahrida ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 14-raketkasi bo'lib turgan Daniil Medvedev musobaqadagi ishtirokini qiyin g'alaba bilan boshladi. Rossiyalik tennischi to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan bahslarga kirishdi va bu bosqichda ATP reytingida 76-pog'onada borayotgan avstraliyalik Adam Uoltonni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 7/6(0).
Ikkinchi setda Daniil 1/4 hisobida yutqazayotgandi. U g'alabasi evaziga tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 1:1. Bir soatu 45 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 13, Uolton 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Medvedev 1/4 finalda vengriyalik Fabian Marojanga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar