16 fev 18:31
Yangiliklar
Boks/MMA

“Medison Skver Garden”da chiptalar sotuvi bo'yicha rekord o'rnatildi
Yoz faslining ilk kuni AQSHning Nyu-York shahrida orziqib kutilayotgan professional boks kechasi o'tkaziladi.
Dunyoga mashhur “Medison Skver Garden” arenasida o'tadigan boks oqshomining markaziy jangi superog'ir vazn toifasida bir yo'la to'rtta - WBA, IBF, IBO hamda WBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua ishtirokida bo'ladi.
Britaniyalik bokschi ilk marotaba AQSHda jang o'tkazadi. Uning raqibi amerikalik Jarrell Miller bo'ladi. Ushbu jang uchun chiqarilgan chiptalar allaqachon sotib bo'lingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra “Medison Skver Garden” arenasi tarixida chiptalar sotuvi bo'yicha rekord o'rnatilgan. Hozircha aniq summa aytilmayapti.
Havola :
Fikrlar