11 okt 16:04
Yangiliklar
Tennis

Medvedev 6 yil deganda SHanxay "Masters" 1/2 finaliga chiqdi
Xitoyning SHanxay shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
ATP reytingida 18-o'rinni egallab turgan Daniil Medvedev 1/4 finalda dunyoning 7-raketkasi avstraliyalik Aleks De Minaurni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4. Medvedev tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida katta farq bilan oldinda bormoqda - 8:4.
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda Daniil 14, Aleks esa 1 tagina eys zarbasini amalga oshirgan. Medvedev 2019 yilda SHanxay "Masters" chempioni bo'lgandi. O'shandan beri rus tennischisi hatto 1/2 finalga ham chiqa olmayotgan edi. Bugun u final chiptasi uchun franciyalik Artyur Rinderkneshga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar