18 okt 13:38
Yangiliklar
Tennis

Medvedev Qozog'istondagi turnirda 1/2 finalga chiqdi
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Dunyoning 14-raketkasi Daniil Medvedev 1/4 finalda ATP reytingida 52-o'rinni egallab turgan vengriyalik Fabian Marojanni 7/5, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0.
Oltmish etti daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 9, Marojan 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bugun rossiyalik tennischi final chiptasi uchun avstraliyalik Jeyms Dakvortga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar