26 iyu 11:39
Yangiliklar
Tennis

Medvedev Vashington turniri 1/4 finalidayoq yutqazdi
Dunyoning 14-raketkasi bo'lib turgan Daniil Medvedev AQSH poytaxti Vashington shahrida o'tkazilayotgan ATP turniridagi ishtirokini yakunladi.
Rossiyalik tennischi biroz kutilmaganda 1/4 finalda ATP reytingida 59-o'rinni egallab turgan franciyalik Korenten Mutega uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/1, 4/6, 4/6.
Mute tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 2:1. Medvedev 7, Mute 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Daniil 10 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi va bu amalda uning mag'lubiyatiga sabab bo'ldi. Ikkala tennischi ham 3 tadan breykka erishgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar