17 noy 15:55
Yangiliklar
Futbol
Mehdi Mohebi: "Umid qilamanki, CAFA turniridagi holat takrorlanmaydi"
Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Mohebi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"SHukurki, finalga yo'l oldik. Ko'pchilik fikriga ko'ra, biz ustunlikka ega bo'lishimiz kerak, lekin O'zbekiston ham juda shijoatli jamoa bo'lib, finalgacha etib keldi.
Umid qilamanki, CAFA musobaqasidagi holat takrorlanmaydi. O'shanda ikkinchi daqiqadayoq bir o'yinchimiz maydondan chetlatilgan edi. Bu safar omad biz tarafda bo'ladi degan umiddaman", – dedi "Kalba" futbolchisi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Eron o'rtasidagi Al Ain Cup finali 18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Havola :
Fikrlar