12 sen 18:16
Yangiliklar
Meksika termasi ustozi Xayme Lozano O'zbekiston qiyin raqib ekanligini takidladi
"Biz hisob qanday bo'lishidan qati nazar oxirgi daqiqalargacha o'ynashimiz kerak.
Ektor Erreraning o'yinlarini qadrlayman. U jamoadoshlariga qo'lidan kelganicha yordam bermoqda.
O'zbekiston nomi jarangdor eshitilmasligi va katta raqib bo'lmasligi mumkin, ammo ular Amerika Qo'shma SHtatlariga qarshi o'yinda 90 va 98-daqiqalarda gol o'tkazib yuborgach, 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi", – dedi Lozano.
SHuningdek, mutaxassisning malum qilishicha, asosiy tarkibda hech bir futbolchi uchun joy kafolatlanmagan va O'zbekiston bilan bahsda oldingi o'yinlarga qaraganda o'zgarishlar bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Meksika – O'zbekiston uchrashuvi 13 sentyabr kuni Atlantadagi "Mersedes-Benc Stedium"da o'tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 4:30 da boshlanadi.
Fikrlar