29 avg 00:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Meliqo'ziev ilk jangida rossiyalik bokschiga qarshi ringga ko'tarildi
Xabar berganimizdek, Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Qura natijasiga ko'ra, -81 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz, Rio Olimpiadasi kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni Bektemir Meliqo'ziev o'z vazn toifasida ikkinchi raqam ostida saralandi.
Bektemir o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshladi. Hozirgina yakuniga etgan jangda charm qo'lqop ustamiz rossiyalik Muslim Gadjimagomedovni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Японни тажрибаси ноль, шу учун хам Русга берди 29 га 28 килиб. 3 раундда 10-8 га Бектемир ютди, шуни хам курмаган япон, 10-9 килиб берган икки раунд русга берган.
Шри- Ланка 2 чи ва 3 чи раундларни 10-9 килиб бизга берган. Колган хакамларга гап йук.