07 okt 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Meliqo'ziev WBA chempionlik kamari jangi uchun o'z gonoraridan ham voz kechmoqchi
WBA yo'nalishida jahon chempionlik kamari uchun majburiy davogar Bektemir Meliqo'ziev Butunjahon boks associaciyasi (WBA) hamda o'z vazn toifasidagi jahon chempioni Xayme Mungiyaga etiroz bildirdi.
"Gonorar muhim emas, men tekinga ham jang qilishga tayyorman. Lekin, iltimos, menga va ushbu sport turi qoidalariga nisbatan hurmatsizlik qilishni to'xtating!
Xayme Mungiya, men sen chempionlik uchun jang qilishingdan oldin ham majburiy davogar edim. Sen chempion bo'lding — men chempion bo'lganimda senga yoki boshqa har qanday bokschiga nisbatan qanday hurmat ko'rsatsam, sen ham menga shunday hurmat ko'rsat!
WBA`ni hurmat qil, muxlislarni hurmat qil. Ular oldindan natijasi malum bo'lgan jangni emas, balki haqiqiy raqobatga boy jangni ko'rishni istashadi!", — deb yozdi o'zbekistonlik bokschi o'zining Instagram sahifasida.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar