13 avg 04:30
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Meliqo'zievning medal uchun bahsdagi raqibi Krishan bo'ladi
Rio Olimpiadasining boks bahslari o'zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda.
Xabar berganimizdek, vazni 75 kg bo'lgan bokschilar bahsida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev o'zining ilk jangini avstraliyalik Daniel Lyuisga qarshi o'tkazib, 3:0 hisobida g'alaba qozongandi. Uning chorak finaldagi raqibi ham aniqlandi.
Nankin o'smirlar Olimpiadasi chempioni bo'lgan Bektemir yarim final yo'llanmasi uchun hindistonlik Vikash Krishan Yadavga qarshi ringga ko'tariladi. Hind bokschisi nimchorak finalda turkiyalik O'nder Sipaldan ustun keldi. Agar Meliqo'ziev bu raqibini ham mag'lub etsa, u ham kamida bronza medalini naqd qilib qo'yadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar