20 iyu 10:42
Yangiliklar
Boks/MMA
“Men bugungi jangda autsayderman”
Britaniyalik bokschi Dillian Uayt kolumbiyalik Oskar Rivasga qarshi jangi haqida fikr bildirdi.
“Barchasi oddiy, u mening raqibim. Rivas hozirda ajoyib sport formasida. Jang juda qiziqarli bo'ladi. Menimcha unga qarshi jangda autsayderman. Hamisha raqiblarimga hurmat bilan qaraganman. Hech qachon ularga past baho bermaganman. U - xavfli bokschi!”, - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Dillian Uayt - Oskar Rivas o'rtasidagi chempionlik jangi bugun London shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar