13 iyu 16:08
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men doim shu erda bo'lganman". Engilmas bokschi Usik bilan jang qilish istagida
Birinchi og'ir vazn toifasida jahon chempioni, avstraliyalik Jay Opetayya superog'ir vazn toifasining mutlaq chempioni Aleksandr Usikka qarshi jang qilmoqchi.
"Usikni hurmat qilgan holda aytamanki, unga qarshi jang o'tkazilishini istayman. 16 yoshimda Olimpiya o'yinlarining saralash bosqichida jang qilganman. O'shanda yosh bola edim, u esa o'sha Olimpiadada g'alaba qozongan.
Men doim shu erda bo'lganman, ammo hali vaqtim kelmagan ko'rinadi. O'ylaymanki, mening ham vaqtim keladi va qachonlardir u bilan uchrashaman", - dedi Opetayya.
Havola :
Manba : Fight Hub TV
Fikrlar