12 okt 13:58
Yangiliklar
"Men har uch kunda imtihon topshiraman" - Anchelotti
Karlo Anchelottining uzoq yillik yutuqlari Parma universiteti tomonidan etirof etildi. Italiyalik sport rivojiga qo'shgan hissasi uchun taqdirlandi.
Universitet Anchelottiga faxriy doktor unvonini berdi. Murabbiy jismoniy faoliyatni moslashtirish fan va texnikasi sohasida o'zini namoyon qildi.
Tibbiyot va jarrohlik fakulteti rahbariyati Anchelotti nomzodini ko'rsatish uchun ariza topshirdi. Taklif Akademik senat tomonidan qabul qilindi va keyin Oliy talim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini tomonidan maqullandi.
Taqdirlash marosimida Anchelotti "Futbol – hayot maktabi" mavzusida doktorlik maruzasini qildi. Murabbiy nutqi davomida yuzida tabassum bilan uni "doktor" deb atashlarini yaxshi ko'rishini takidladi.
"Men doktorlik darajasini oldim va bazilar bir nechta imtihonlardan o'tganimni aytishadi. Darhaqiqat, men ko'p imtihonlardan o'tganman va hamon har uch kunda imtihon topshiraman. Meni doktor deyishsa, yoqadi. Futbolchilarimga meni shunday chaqirishlarini aytaman", – dedi Anchelotti.
Fikrlar