12 sen 16:16
Yangiliklar
"Men Saudiya Arabistoniga yo'l olayotganlarni tushunaman" - Antuan Grizmann
Madridning "Atletiko" klubi va Franciya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann yirik shartnomalar kelib tushgani uchun Saudiya Arabistonida o'ynashni uyat deb hisoblamaydi.
"Men Saudiya Arabistoniga yo'l olayotganlarni tushunaman – biz aql bovar qilmaydigan miqdorlar haqida gapiryapmiz. Ko'p pul topsak-da, bazilar o'z farzandlari, nevaralarini taminlashni istaydi, menimcha, bu normal holat. Ular yaxshi o'ynashlari, bor iqtidorlarini ko'rsatishlari va chempionlikni qo'lga kiritishlari kerak bo'ladi.
Meni ham ko'ndira olishadimi? Men oilaliman, uch nafar farzandim bor. Bu qarorni qabul qilish oson bo'lmaydi. Lekin bilasizmi, MLS mening maqsadim bo'lib qolmoqda", – dedi Antun Grizmann.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu ortidan ko'plab yulduzlar arab mamlakatiga jo'nashdi. Bular – Neymar, Karim Benzema, Riyad Marez va boshqalar.
Fikrlar