01 sen 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men uchun oson o'lja". Dillon Denis - Maxachev va CHimaev haqida
Yarimog'ir vazn toifasida MisFits ligasi chempioni Dillon Denis UFC’ning ko'plab top jangchilari, xususan Islam Maxachev va Xamzat CHimaevni mag'lub etishga qodir ekanligiga ishonch bildirdi.
"Hozir UFC’da yulduzlar etishmayapti, u er zerikarli. Dunyoning kuchli ligasi deb qaraladigan UFC`dagi yigitlar meni jamoat joyida bosiqroq ko'rishni xohlashadi. Ammo odamlarga men qilayotan ish yoqadi va ular: "Bilasizmi nima? Biz bu yigitni UFC’da ko'rishni istaymiz!, deyishadi.
Men Kevin Xolland singari har qanday jangchidan bo'ladigan chorlovni qabul qilaman. Menga baribir, Della Maddalena bo'ladimi, Leon Edvardsmi, Maykl Peyjmi, Xamzat CHimaevmi, Islam Maxachevmi - hammasi men uchun oson o'lja. Qanchalik kuchli ekanim va nimalarga qodirligimni yaxshi bilaman", - deya Denisning so'zlarini keltirmoqda Bloody Elbow portali.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar