06 noy 17:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Menejer MakGregorning keyingi raqibi kim bo'lishini aytdi
Konor MakGregorning menejeri Odi Attarning aytishicha, irlandiyalik sportchining navbatdagi raqibi Donald Serrone bo'ladi.
U jang kelasi yil 18 yanvarda bo'lishi mumkinligini aytdi.
"Biz UFC bilan muzokara olib bordik. Konorning jang sanasi va raqibi bo'yicha kelishuvga erishdik. Serrone bilan shartnoma imzolanish arafasida. Bunga halal beradigan narsani ko'rmayapman. Har ikki tomon ham ushbu jangga qiziqish bildirmoqdalar.
Konor haqiqatdan ham kelasi yili uchta jang o'tkazishga tayyor. U o'ziga yoqadigan ish bilan shug'ullanmoqchi", - dedi menejer.
Havola :
Manba : ESPN MMA
Fikrlar