17 jan 17:30
Yangiliklar

Menejer: "SHohjahonning oldida endi HBOdan ham taklif bor"
"Birinchi jangdan keyinoq SHoxning juda qattiq zarbaga ega bokschi ekanligi aniq bo'lgandi. Denis SHafikov va Kostya Ponomaryovlar bilan bo'lgan sparringdan so'ng men bunga yanada ishondim. SHunda men unga okeanortidan promouter qidira boshladim. Eng yaxshi taklif Dmitriy Salitadan tushdi va SHox aynan u bilan birga ishlay boshladi.
Salita va uning jamoasi ajoyib. Ular bokschiga sharoitlar yaratib berishdi: alohida uy, oshpaz, tiklanish uchun imkoniyat, zo'r sparring-hamkorlar. SHoxning o'zi ham zo'r yigit. O'z ishini munosib uddalamoqda.
Fredriksonga qarshi jang ajoyib o'tdi. U o'zini har tomonlama ko'rsata oldi. SHoxning oldida endi HBO oldidan ham taklif paydo bo'ldi. Endi unda Showtime va HBO varianti bor", - dedi Bogdanov.
Fikrlar