22 noy 12:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao: Broner tilida yuradi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Menni Pakyao raqibi Edrien Broner haqida fikr bildirdi.
Filippinlik afsona Broner katta gapirishi va bu iqtidori bilan bemalol kinoda rol o'ynashi mumkinligini aytdi.
“Broner - ajoyib bokschi, tez, ayniqsa gapda! O'ylashimcha, faoliyatini yakunlaganidan keyin aktyorlik qilsa kerak. Undan yaxshigina komik aktyor chiqadi. Meni uning hazil mutoyibalari qo'rqita olmaydi. Guvohi bo'layotganingizdek, uning yuziga qarasam, o'zimni kulgudan tiyib tura olmayapman”, - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, Pakyao va Broner o'rtasidagi chempinlik jangi 19 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar