28 dek 18:52
Yangiliklar

Menni Pakyao: Doping-tahlilim ijobiy natija berdi
Yarim og'ir vazn toifasida WBA chempioni bo'lib turgan filippinlik bokschi shu kuni amerikalik Edrien Bronerga qarshi ringga ko'tariladi. Pakyao o'zining Twitter sahifasida tayyorgarlik haqida gapirib, doping bo'yicha ko'tarilgan mavzuga hazil bilan javob qaytardi.
“Boxing Day”ni 5 millik kross yugurishi bilan nishonlayapman. “Hollywood”gacha yugurib bordim va 2000 marotaba o'tirib turish mashqini bajardim. Keyin umumiy jismoniy mashg'ulotlarga navbat keldi. Ertalab VADA tomonidan doping-tekshiruvdan o'tdim. Tahlil ijobiy natija berdi. Buning nomini “yuqori sifat” deyishadi”, - deya hazil qildi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, Menni Pakyao va Edrien Broner o'rtasidagi chempionlik jangi 19 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar