04 fev 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao: Floyd bo'lmasa, yana to'rt raqib bor!
Filippinlik boks afsonasi Menni Pakyao hamon amerikalik Floyd Meyvezerga qarshi revansh jangi o'tkazishdan umidini uzgani yo'q.
“Agar Meyvezer katta boksga qaytib, men bilan revansh jangi o'tkazishga rozi bo'lmasa, bundan katta fojea yasamayman. Men jang o'tkazish istagida bo'lgan bokschilar bisyor. Ular orasidan Kit Turman, Errol Spens, Mayki Garsiya va SHon Porterni alohida takidlab o'tgan bo'lardim”, - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval filippinlik jahon chempioni o'ziga tegishli WBO kamarini to'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik Edrien Bronerdan himoya qilgan edi.
Havola :
Fikrlar