26 dek 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/51182_220.jpg)
Menni Pakyao Freddi Rouch hamrohligida AQSHga etib bordi FOTO
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBA Regular chempioni Menni Pakyao AQSHning Los-Anjeles shahriga etib bordi.
Filippinlik afsonaviy bokschi o'zining 19 yanvar kuniga belgilangan chempionlik jangiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Amerikada o'tkazadi. Pakyao to'rtta vazn toifasida jahon chempioni Edrien Bronerga qarshi ringga ko'tariladi.
Pakyao AQSHga murabbiyi Freddi Rouch bilan birga kelgan. Menni 2017 yilning iyul oyida avstraliyalik Jeff Xornga imkoniyatni boy berganidan so'ng 16 yil birga ishlagan murabbiyi Rouchning xizmatlaridan voz kechgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar