08 iyu 14:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao prezidentlik saylovlarida ishtirok etadi
Yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Menni Pakyao 2022 yili Filippinda bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarida o'z nomzodini qo'yadi.
Bu haqida uning promouteri Bob Arum malum qildi.
Malumot uchun, Menni Filippin hukumati azosi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Menni Pakyao sakkizta vazn toifasida jahon chempioni bo'lgan yagona bokschi hisoblanadi. U faoliyati davomida 71 ta jangda ishtirok etib, 62 tasida g'alaba qozongan, ettita jangda imkoniyatni boy bergan, ikkita bahsda esa durang natija qayd etgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar