10 iyu 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao raddiya bildirdi
Yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Menni Pakyao prezidentlik saylovida ishtirok etish niyati yo'qligini malum qildi.
“Adashmasam, Bob Arum bilan faqat boks haqida gaplashdim. U bilan hech qachon siyosat haqida suhbat qurmaganman. Hozir bu haqida gapirishni o'zi — xato. Biz, filippinliklar davom etayotgan qiyin davrda birlashishimiz kerak va barchasini hal qilishimiz zarur”,-dedi 41 yoshli chempion.
Eslatib o'tamiz, Bob Arum mijozini 2022 yili bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini malum qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar