04 iyu 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao: Turmanni syurpriz kutmoqda
Filippinlik boks afsonasi 20 iyul kuniga belgilangan chempionlik jangida raqibiga saboq berib qo'ymoqchi.
Yarim o'rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan 40 yoshli Pakyao ushbu vaznda vaqtinchalik WBA Super chempioni amerikalik 30 yoshli Kit Turmanga qarshi ringga ko'tariladi.
"Turman mening manzilimga yomon gaplarni yo'lladimi? Ochig'i, bu meni qiziqtirmaydi. Uni hali xayron qoldiraman. Turman mening imkoniyatlarimni past baholayapti, xatto mensimayapti ham. Lekin uni "syurpriz" kutib turganini bilmayapti. Men undan ko'ra tezkorroqman. Kitga boksdan saboq berib qo'yaman", - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, Turman va Pakyao o'rtasidagi chempionlik jangi 20 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar