19 jan 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Merab Dvalishvili va Umar Nurmagomedov o'rtasidagi chempionlik jangi to'liq davom etdi
AQSHning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahrida o'tkazilayotgan UFC 311 turnirining ikkinchi asosiy jangi yakunlandi.
Unda eng engil vazn toifasida UFC chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili rossiyalik davogar Umar Nurmagomedov bilan to'qnash keldi.
5 raundlik chempionlik jangi to'liq davom etdi. Yakunda Merab Dvalishvili hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi va o'z kamarini ilk bor muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bu Merabning 23-jangidagi 19-g'alabasi bo'ldi. Umar Nurmagomedov esa bugun faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilishga majbur bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar