01 dek 15:52
Yangiliklar
Messi ilk bor Meksika terma jamoasi libosi polga tashlangani bilan bog'liq voqeaga izoh berdi
U shu sabab bilan Meksika xalqiga nisbatan hurmatsizlikda ayblangandi.
"Bu – tushunmovchilik. Meni taniganlarning hammasi hurmatsizlik qilmaganimni tushunadi. Bu shunchaki kiyinish xonasi va o'yindan keyingi narsalar. Men kechirim so'raydigan narsa yo'q, chunki hech qachon Meksika xalqiga yoki Meksika terma jamoasi libosiga hurmatsizlik ko'rsatmaganman", – dedi Messi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda JCH-2022 guruh bosqichi 2-turida Meksika ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) Argentina terma jamoasining kiyim almashtirish xonasidan surat paydo bo'lgandi. SHundan so'ng Alvares futbolchini hurmatsizlikda aybladi.
Messini ko'plab taniqli futbolchilar va boshqa sport turlari vakillari, jumladan, afsonaviy bokschi Mayk Tayson himoya qildi. Agar u futbolchini haqorat qilishda davom etsa, meksikalik jahon chempioni Saul Alvares bilan jang qilish uchun ringga chiqishga vada berdi.
Fikrlar