16 dek 12:37
Yangiliklar
Futbol
Messi jarohat sabab terma jamoa mashg'ulotida qatnashmadi. Finalga 2 kun qoldi
Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Argentina TJning oxirgi mashg'ulotida Lionel Messi ishtirok etmagan. Maydonda Xorvatiya bilan (3:0) yarim final uchrashuvida zaxiradan o'yinga qo'shilgan va bahsda qatnashmagan futbolchilar tayyorgarlik olib borgan. Asosiy tarkib azolari esa mashq zalida shug'ullanishgan va mashg'ulotning oxirgi qismida maydonga chiqishgan. Ammo ular orasida Messi yo'q edi.
Taxminlarga ko'ra, Messi sonning orqa qismida noqulaylik his etgan. U xorvatlarga qarshi bahsda jarohatlangan. Jarohatning darajasi esa nomalum, ammo Argentina TJ murabbiylar shtabi 35 yoshli hujumchi Franciyaga qarshi 18 dekabr kuni o'tadigan finalda qatnashishiga shubha qilmayapti.
Havola :
Fikrlar