01 dek 11:03
Yangiliklar
Futbol
Messi JCHda Gyanning antirekordini takrorladi
Qatardagi mundial guruh bosqich oxirgi turida Argentina 2:0 hisobida Polshani engib, Evropa vakili bilan birga keyingi raunga chiqdi.
Lionel Messi uchrashuvda penaltidan foydalana olmadi va mazkur vaziyatda Voycex SHesni qahramonga aylandi. 35 yoshli forvard Saudiya Arabistoni bilan o'yinda (1:2) ham 11 metrlik nuqtadan zarba berish imkoniga ega bo'lib, bundan unumli foydalana olgandi.
Messi JCHda uchinchi bor penalti tepish imkoniga ega bo'lib, ulardan ikkitasini “ko'kka sovurdi”. U bu borada ganalik Asamoa Gyanning antirekordini takrorladi. Gyan o'z navbatida 4 ta penaltining 2 tasidan foydalana olmagan. Bu kabi statistika 1966 yildan beri hisoblab kelinadi.
Havola :
Manba : Opta Sports
Fikrlar