10 dek 21:48
Yangiliklar
Futbol
Messi Niderlandiya bilan o'yinni boshqargan Mateu Laosdan norozi
Lionel Messi Niderlandiya – Argentina uchrashuvida ishlagan hakam ishini tanqid qildi.
Bosh hakam Antonio Mateu Laos JCH-2022 chorak finalida 15 ta sariq kartochka ko'rsatib, Jahon chempionati rekordini o'rnatdi. Argentinaliklar 8 ta ogohlantirish oldi, jumladan, PSJ hujumchisi ham.
"Juda g'azablandim. O'ylashimcha, bu shunday tugamasligi kerak edi. Men hakam haqida gapirmoqchi emasman. Siz haqqoniylikni talab qilasiz, keyin buning uchun jazolanasiz.
Biz o'yin davomida juda qo'rqdik, chunki uning kimligini bilardik. FIFA vaziyatni qayta ko'rib chiqishi kerak. Siz darajaga to'g'ri kelmaydigan hakamni qo'ymasligingiz kerak", – dedi Argentina sardori.
Havola :
Fikrlar