18 iyu 09:52
Yangiliklar
Futbol
Messiga gapirgan gapi uchun Argentina Sport vaziri o'rinbosari ishdan olindi
Franciya futbolchilari haqoratlagani uchun Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi uzr so'rashi kerak degan mamlakat sport vaziri o'rinbosari Xulio Garro ishdan olindi.
Bu haqida mamlakat Devonxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Hech bir amaldor amaldagi jahon chempioni, ikki karra Kopa Amerika sohibi yoki boshqa har qanday fuqaroning gaplariga munosabat bildirishga, fuqaroning gaplarini izohlashga haqli emas. SHu sababli vazir o'rinbosari lavozimidan ozod etildi", — deyilgan Devonxona tomonidan taqdim etilgan bayonotda.
Havola :
Fikrlar