20 dek 10:13
Yangiliklar
Messini chempionlik bilan tabriklash uchun birinchi kim qo'ng'iroq qilgani malum + FOTO
Lionel Messining azaliy orzularidan biri amalga oshdi. Albatta, argentinaliklar sardorini maydonda birin-ketin tabriklashni boshlashdi, buni birinchilardan bo'lib esa uning onasi Seliya Mariya Kuchchittini amalga oshirdi.
Leoga kiyim almashtirish xonasida birinchilardan bo'lib do'sti Luis Suares qo'ng'iroq qildi. Urugvay TJ forvardi Messi bilan feystaym orqali suhbatlashdi va keyin skrinshotni ijtimoiy tarmoqlarga joylab, quyidagicha izoh qoldirdi: “Do'stim, tabriklayman! Sen jahon chempionisan. Nima desa, deyaverishsin, sen eng zo'risan va shunday bo'lib kelgansan”.
Messi va Suares 2014-2020 yillarda “Barselona”da birga harakat qilishgan. Ular yozgi tatilni birgalikda o'tkazishadi.
35 yoshli yulduzni tabriklagan yana bir yaqin odami, albatta, uning rafiqasi Antonella Rokucco bo'ldi.
Fikrlar