17 jan 11:55
Yangiliklar
Futbol
Messining futbolkasi 43 ming evroga sotildi
PSJ futbolchilarining so'nggi o'yinlardagi formalari aukcionda sotuvga qo'yildi.
Aukcionda 17ta futbolka kimoshdi savdosi orqali sotildi.
Lionel Messining "Anjer"ga qarshi bahsdagi (2:0) formasini xitoylik xaridor sotib oldi. U savdoni 22 ming evrodan boshladi va narxni 7 marta o'zgartirishiga to'g'ri keldi. Uning so'nggi narxi 43 623 evro bo'ldi.
Argentinalikning formasi ushbu aukcionda sotilgan eng qimmati bo'ldi. Neymarning futbolkasi 7 894 evro, Mbappening ikki libosi 14 083 va 15 017 evroga sotildi.
Havola :
Fikrlar