Uchrashuv kutilmaganda yirik hisobda yakunlandi. Messisiz harakat qilgan Argentina raqiblarini 4:1 hisobida taslim etishni uddaladi. Braziliya so'nggi bor Argentinaga uch to'p farqi bilan 1963 yilda yutqazgan ekan.
Eslatib o'tamiz, Argentina ushbu uchrashuvga qadar JCH-2026 yo'llanmasini hal qilib bo'lgandi. Braziliya hisobida esa 23 ochko bor.
JCH-2026 saralash
Argentina — Braziliya 4:1
Gollar: Xulian Alvares, Enco Fernandes, Aleksis Mak Allister, Juliano Simeone — Mateus Kunya
Fikrlar