26 sen 09:49
Yangiliklar
Tennis
Metc turniri bosh sovrini Italiyaga ketdi
Franciyaning Metc shahrida tennis bo'yicha ATP turniri yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 65-pog'onasidan joy olib turgan italiyalik Lorenco Sonego dunyoning 44-raketkasi, qozog'istonlik Aleksandr Bublikka qarshi kortga chiqdi. Sakson to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Sonego raqibini 7/6(3), 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Lorenco hisobni yiriklashtirdi - 4:1. Statistikaga etibor qaratadigan bo'lsak, Sonego 6, Bublik 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bu Lorenconing mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi uchinchi sovrin bo'ldi. Metcdagi muvaffaqiyatli ishtirok sabab u 250 reyting ochkosi hamda 81,310 evro mukofot puli ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar