29 avg 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer: “Boksga qaytmayman, lekin yosh bokschilarga yordam beraman”
Amerikalik 39 yoshli afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer har qanday katta gonorar to'lanishiga qaramay, ortiq fikrini o'zgartirmasligi va katta boksga qaytmasligini malum qildi.
Meyvezerning aytishicha, endilikda uning asosiy maqsadi yosh, istedodli bokschilarga yordam berishdan iborat bo'ladi. Floyd yaqinda Rioda bo'lib o'tgan Olimpiadaning boks bahslarini bevosita kuzatgandi.
Bu bejiz emas, albatta. Faoliyatini mag'lubiyat nimaligini bilmay yakunlagan amerikalik afsona o'zining Mayweather Promotions promouterlik kompaniyasiga munosib bo'la oladigan bokchilarni ko'z ostiga olib qo'ygandi.
“Mendan ming marotaba yana boksga qaytishim haqida so'rashdi. Takror aytaman, yo'q, men boshqa ringga chiqmayman. Men yosh bokschilarga yordam berishni maqsad qilganman”, - dedi Meyvezer.
Havola :
Fikrlar