01 dek 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer jarimaga tortildi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer kriptovalyuta bilan bog'liq loyihalarni reklama qilgani uchun 600 ming AQSH dollari miqdorida jarima to'laydi.
Meyvezer 2017 yilda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "bitkoin va boshqa turdagi kriptovalyutalarni Titanium Centra Card bilan birga Beverli-Xillzda foydalanishini malum qilgandi. SHu yil esa Centra tasischilari firibgarlikda ayblandi.
"Endi meni Floyd Kripto Meyvezer" deb atashingiz mumkin", - deb xabar qoldirgandi bokschi ijtimoiy tarmoqda.
Ushbu reklama uchun Meyvezer 300 ming dollar olgan ekan. Qimmatli qog'ozlar haqidagi qonunlarga ko'ra, bunday turdagi faoliyatga oid malumotlarni taqdim etishlari lozim. Ammo, Meyvezer bunday qilmadi.
Endi Floyd 300 ming dollarni qaytarib, yana shuncha miqdordagi jarimani to'lashi kerak.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar