17 sen 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer klubi azosi - Rahmonov Las-Vegasda navbatdagi jangini o'tkazdi
Professional boks afsonasi amerikalik Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasi bokschisi hisoblangan hamyurtimiz Sanjar Rahmonov bugun Las-Vegasda navbatdagi jangini o'tkazdi.
Amerikalik Markius Xoutorga qarshi kechgan jangda hamyurtimiz raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Bu Rahmonovning oltinchi jangidagi beshinchi g'alabasi bo'ldi.
Sanjar ushbu g'alabalaridan 3tasida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan. Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchisi faqat bir marotaba durang natija qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar