10 mar 17:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer Konor va Kanelo bilan revansh haqidagi gap-so'zlarga oydinlik kiritdi
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Konor MakGregor va Saul Alvaresga qarshi jang o'tkazishni rejalashtirmayapti.
"Men bilan revanshni barcha istaydi. Ammo, meni xech kim mag'lub eta olmaydi. Bu isbotlangan. Floyd mag'lub bo'lmaydi", - dedi Meyvezer.
SHuningdek, u Saul "Kanelo" Alvares bilan revansh bo'lmasligini aytdi. "Xa, bu haqida ko'pchilik gapirmoqda. Lekin, bu menga qiziq emas. Men milliard dollardan ortiq pul ishlab qo'yganman", - dedi sobiq bokschi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Saul Alvaresning promouteri Oskar de la Xoyya Meyvezer bilan jang orqali 1,5 milliard dollar pul ishlash mumkinligi haqida gapirgandi.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar