15 fev 14:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer Makgregor bilan shartnoma imzolaganini tasdiqlamadi
Amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyvezer aralash qoidalar bo'yicha ikki vaznda yagona UFC chempioni Konor Makgregor bilan jang yuzasidan shartnoma imzolaganini inkor etdi.
Matbuotda Meyvezerning Makgregor bilan boks qoidalari asosida jang o'tkazishi va bu borada shartnoma imzolagani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
“So'nggi paytlarda jangim yuzasidan turli xabarlar paydo bo'lmoqda. Lekin men hech kim bilan va hech qanday shartnomaga imzo chekkanim yo'q. Hozir mazza qilib dam olyapman, hayotdan zavqlanib yashayapman. Agar biror o'zgarish bo'lsa, bu haqda o'zim birinchi xabar beraman, – dedi Meyvezer o'zining Twitter ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
— Floyd Mayweather (@FloydMayweather) 14 fevralya 2017 g.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar