05 dek 17:24
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/24112_220.jpg)
Meyvezer Makgregorga qarshi jangdagi haqiqatni oshkor qildi
Amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Konor Makgregorga qarshi o'tkazilgan jangdagi bor haqiqatni oshkor qildi.
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo'lgan Meyvezer (50-0, 27 KO) Makgregorga qarshi jangni muxlislar uchun atayin cho'zganini tan oldi.
“Meyvezer - Makgregor jangi haqida hamma turlicha fikr bildiryapti. Men esa bugun sizlarga bor haqiqatni aytib beraman. Men atayin jangni muddatidan avval yakunlab qo'ymaslikka harakat qildim. Bitta aniq zarba bilan birinchi yoki ikkinchi raundda jangni tugatishim mumkin edi. Lekin muxlislar haqqi hurmati bunday qilmadim”, – dedi Meyvezer.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer 26 avgust kuni o'tkazilgan boks qoidalari asosidagi jangda Konorni 10-raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : Boxingscene
Fikrlar