07 dek 10:16
Yangiliklar

Meyvezer - Nasukava jangining qanday qoida asosida o'tkazilishi malum
Ushbu jangning o'tkazilishi bilan bog'liq muhokama va munozaralar etarlicha bo'ldi. Xatto Meyvezer bu jangning keng omma uchun o'tkazilmasligi, translyaciya qilinmasligini ham aytgandi.
Nihoyat, tashkilotchilar jang qoidalari bo'yicha bir to'xtamga kelishdi. Unga ko'ra 2018 yilning so'nggi kuni Yaponiyada o'tkaziladigan jang professional boks qoidalari asosida, 66,7 kg vazn toifasida o'tkaziladigan bo'ldi.
Bu yaponiyalik kikbokschining hozirgi vazn toifasidan 10 kg og'irroq deganidir. Jang uch daqiqadan iborat uch raund davom etadi. Qo'lqoplar Meyvezerning Konor Makgregorga qarshi o'tkazgan jangidagi kabi bo'ladi.
Etiborli jihati shundaki, jang rasmiy maqomga ega bo'lmaydi. Yani, Floydning 51-jangi sifatida qayd etilmaydi. Xatto zarbalarni hisoblab boruvchi hakamlar ham bo'lmaydi.
Fikrlar