01 jan 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer Nasukavaga qarshi jangdan keyin nimalar dedi?
Amerikalik engilmas bokschi, beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukava ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Kecha Meyvezer boks qoidalari asosida o'tkazilgan jangning birinchi raundi ikkinchi daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada Nasukavani nokautga uchratgan edi. Tensin nokautga qadar ikki bor nokdaun holatiga ham tushib qolgandi.
“Biz ringga ikkimiz ham mag'lubiyat nimaligini bilmagan holda chiqqandik. U o'z yo'nalishida ajoyib sportchi. Tensin ayni kuchga to'lgan vaqti. Men esa nafaqadan qaytdim. Bu bilan boks faoliyatimni qayta tiklamoqchi emasman. SHunchaki, yaponiyaliklarni bayram oldidan xursand qilmoqchi bo'lgandim”, - dedi Meyvezer.
Havola :
Fikrlar