18 jan 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer Pakyaoning jangini ring oldida tomosha qiladi
Ertaga (bizning vaqt bilan yakshanba kuni) AQSHda sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao to'rtta vaznda chempion amerikalik Edrien Bronerga qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu chempionlik jangini afsonaviy Floyd Meyvezer bevosita arenaning birinchi qatoridan kuzatib boradi. Britaniyalik promouter Eddi Xirnning aytishicha, agar Pakyao g'alaba qozonsa, Meyvezer ringga ko'tariladi va revansh jangini elon qiladi.
Amerika matbuotida yozilishicha, Pakyao va Meyvezer o'rtasidagi jang AQSH mustaqilligi nishonlanadigan kuni o'tkaziladi. Bu ikki afsonaning ilk jangi 2015 yilning may oyida o'tkazilgan va o'shanda Floyd ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar