17 mar 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer Ramzan Qodirovning taklifiga binoan Rossiyaga bordi
Amerikalik sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer CHecheniston prezidenti Ramzan Qodirovning taklifiga binoan Respublikaga tashrif buyurdi.
Avvaliga u Qodirov bilan tushlik qilgan. Undan keyin esa Gudermesedagi "Axmat" klubiga tashrif buyurdi.
"Taklifimga binoan 5 ta vazn toifasidagi jahon chempioni, boks afsonasi Floyd Meyvezer CHechenistonga keldi. Mehmon bilan birga "Axmat" sport majmuasiga bordik. Meyvezer klubdagi mashg'ulot jarayonlarini tomosha qildi, sportchilar bilan uchrashdi. U CHechenistonda sport uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.
U yana Respublikamizga tashrif buyurmoqchi va bu erga AQSHdan MMA va boks murabbiylarini taklif qilmoqchi. Umid qilamanki, hamkorligimiz uzoq davom etadi", - deya xabar qoldirgan Ramzan Qodirov instagramida.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar