09 apr 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer ringga qaytishi haqidagi savolga javob berdi
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer ringga qaytishi haqidagi mish-mishlarga chek qo'ydi.
«Men faoliyatimni yakunlaganman va boshqa hech kim bilan jang qilmayman. Hozirda meni ringga qaytishim borasida ko'plab mish-mishlar paydo bo'lmoqda, lekin bularning barchasi yolg'on. Men ko'p takidladim, agar men haqimdagi xabarlar ijtimoiy tarmog'imdan yoki FightHypedan chiqmagan bo'lsa, demak u xabarlar asossiz va o'rinsiz»,-dedi sobiq chempion.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar