12 fev 14:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer yana ko'rgazmali jangda qatnashadi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Tensin Nasukavaga qarshi jangdan 10 million dollar ishlab olgan ekan.
U yana mana shunday ko'rgazmali janglarda ishtirok etishga qarshi emas.
"Bilasizmi hayron qoladigan joyi qaerda? Tensin Nasukavaga qarshi jang menga 9 million dollar daromad keltirishi lozim edi. Ammo, yakunda men 10 million ishlab oldim.
Yana bunday janglarda qatnashamanmi? Katta ehtimol bilan ha. Oldimda ko'rgazmali janglar uchun 80 million dollarlik taklif bor", - dedi Meyvezer.
Havola :
Manba : Fight Hub TV
Fikrlar