15 fev 18:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer Yaponiyada 10 mln dollarlik jang o'tkazadi, bu safar bokschiga qarshi!
Amerikalik boks afsonasi iyul oyida yana ringga qaytadi.
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer iyul oyida Yaponiyada yana bitta ko'rgazmali jangda ringga ko'tariladi. Bu safargi raqib sobiq bokschi bo'ladi.
Hozircha bu bokschining ism-sharifi oshkor qilinmayapti. Jang uch daqiqadan uch raund davom etadi. Floyd ushbu 9 daqiqalik jang uchun (agar oxirigacha davom etsa) 10 million dollar gonorar oladi.
Eslatib o'tamiz, Meyvezer 31 dekabr kuni Yaponiyada mahalliy kikbokschi Tensin Nacukavaga qarshi boks qoidalari asosida jang o'tkazib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. O'shanda amerikalik bokschi jang uchun 9 million dollarlik gonorarga ega bo'lgan edi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar