31 dek 14:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer Yaponiyadagi 9 daqiqalik jangidan qancha pul ishlab olishi malum bo'ldi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bugun Yaponiyada kikbokschi Tensin Nasukavaga qarshi ringga ko'tariladi.
Malum bo'lishicha, amerikalik bokschi ushbu jang uchun 9 million dollar gonorar oladi.
Eslatib o'tamiz, jang uch daqiqadan uch raund davom etadi.
"Agar Tokioda 9 daqiqa ichida 9 million dollar pul ishlab olish imkoniyati bo'lsa siz ham shunday qilardingiz. Menga buni 9 daqiqalik sayr deb atash maqul ko'rinmoqda", - deb xabar qoldirdi Meyvezer.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar